11:00 / 10.07.2020
5708
Davlat statistika qo‘mitasiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning 9 iyuldagi qarori bilan Dilshod Ibragimovich Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Xolmurodov ushbu tayinlovga qadar Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamentiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

U statistika qo‘mitasida 2010 yildan buyon ishlab kelgan Bahodir Mirusmanov o‘rnini egalladi.

Top