Davlat statistika qömitasining aloqa xati böyiça orginfo.uz sayti asosçi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan Asaka tuman IIB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv uning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari bölmagani sababli tugatildi. Bu haqda Andijon viloyati Asaka tumani IIB tomonidan fuqaroga yöllangan xatda aytiladi.

«Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasining aloqa xatida siz tomoningizdan «orginfo.uz» nomli sayt yaratilib, «stat.uz» sayti tomonidan çiqarilgan ma’lumotlarni öz saytingizga joylab kelganligingiz ma’lum qilingan. Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida sizning harakatlaringizda jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik alomati mavjud bölmaganligi sababli, jinoyat işini qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilinganligini ma’lum qilamiz», - deyiladi dasturçi Kun.uz’ga taqdim qilgan rasmiy xatda.

Boburmirzo Hamroqulov. Foto: github.com/bzimor.

Boburmirzo Hamroqulov orginfo.uz sayti öz faoliyatini davom ettirişini aytib, bundan heç qanday moddiy yoki boşqa turdagi manfaat kutmasligini yana bir bor ta’kidladi. U qöllab-quvvatlagani uçun OAV va blogerlarga, keng jamoatçilikka öz minnatdorçiligini bildirdi.

«Kun.uz jamoasining suriştiruvi tufayli statistika qömitasi vakillari bilan bu masalada boğlanib, tuşunmovçilikni bartaraf qilişga imkon tuğildi. Qolaversa, jamoatçilikning ham bunga e’tibor qaratgani yaxşilikka xizmat qildi deb öylayman.

Muhimi köpçilikda oddiy bir iş orqali ham jamiyatga foydali böliş mumkinligi haqida fikr paydo böldi. Balki kimlarningdir IT’ga qiziqişi yanada ortgandir», deydi u.

Eslatib ötamiz, bir neça hafta avval yuridik şaxslarning elektron reyestrini yurituvçi orginfo.uz sayti asosçisi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan Davlat statistika qömitasi kiritgan arizaga asosan içki işlar organi tomonidan ma’muriy iş oçilgani xabar berilgan edi.

Statistika qömitasi vakili dasturçi özining orginfo.uz veb-sayti va qömita örtasida heç qanday şartnoma yoki kelişuv tuzmaganini, buning natijasida jamiyatda fuqarolar hamda xorijiy investorlar tomonidan rasmiy statistik ma’lumotlarga nisbatan turli xil tuşunmovçilik kelib çiqayotganini aytgan.