2021 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekiston korxonalari tomonidan 200,1 trln sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarildi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga ösiş kuzatildi.

Qaysi mahsulotlar işlab çiqarişda ösiş kuzatildi?

Davlat statistika qömitasiga köra, jami sanoat işlab çiqariş fizik hajmi ortişining asosiy omili:

  • toğ-kon sanoati va oçiq konlarda işlaş 7,5 foiz;
  • işlab çiqaradigan (qayta işlaş) sanoatning 8,6 foizga;
  • elektr, gaz, buğ bilan ta'minlaş va havoni konditsiyalaşning 12,1 foizga;
  • suv bilan ta'minlaş, kanalizatsiya tizimi, çiqindilarni yiğiş va utilizatsiya qiliş 3,5 foizga ösişi bölib xizmat qildi.

Ötgan 6 oy davomida maşina va asbob-uskunalar işlab çiqariş, ta'mirlaş va örnatiş, avtotransport vositalari, yarimpritseplar va boşqa tayyor buyumlarni işlab çiqariş uluşi jami sanoat işlab çiqarişining 17,6 foizini taşkil etib, 2020 yilning şu davriga nisbatan 0,7 foizga ösdi.

Metallurgiya sanoatining uluşi 27,2 foiz bölib, ötgan yil mos davriga qaraganda 13 foizga, töqimaçilik, kiyim, teri mahsulotlarini işlab çiqarişning uluşi 18 foiz bölib, 2020 yilga qaraganda 20,9 foizga ösdi.

Şuningdek, oziq-ovqat, içimliklar va tamaki mahsulotlarini işlab çiqarişning uluşi 16,3 foiz bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga yuqoriladi. Kimyo  mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini işlab çiqarişning uluşi 9,4 bölib, 2020 yilning şu davriga köra 6,4 foizga ösdi.

Qaysi hududlarda işlab çiqariş hajmi yuqori böldi?

Respublika sanoat işlab çiqarişi hajmi tarkibida eng köp uluş Toşkent şahri, Toşkent, Navoiy, Andijon va Farğona viloyatlari hissasiga töğri keldi. Eng past uluş esa Surxondaryo hamda Jizzax viloyatlarida qayd etildi.

Navoiy viloyatida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş aholi jon boşiga 34 mln 493 ming sömdan töğri kelib, respublikadagi eng baland körsatkiç böldi. Uşbu hajm Toşkent viloyatida kişi boşiga 12 mln 278 ming sömdan, Toşkent şahrida 13 mln 488 ming sömdan töğri keldi. Manbada mazkur hududlarda yirik sanoat korxonalari joylaşgani sababli körsatkiçlar yuqori ekani keltirilgan.