15:44 / 11.07.2020
41535

Toshkentda «Lasetti» Bo‘rijar kanaliga tushib ketdi - 34 yoshli haydovchi vafot etdi

Voqea bugun, 11 iyul kuni soat 06:30larda, Shayxontohur tumani Bunyodkor va Seul ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

«Haydovchi M.U. (1986 y.t.) «Lasetti» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib (sababiga aniqlik kiritilmoqda), ko‘prik ustidagi temir panjarani buzib o‘tib, Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan», – deyiladi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotida.

Natijada «Lasetti»ning 34 yoshli haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz», – deya ta'kidlangan IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Top