08:55 / 11.07.2020
8338
Tramp Rossiya agentligiga kiberhujumni ma'qullaganini tan oldi

AQSh prezidenti 2018 yili Rossiyaning “Internet tadqiqotlar agentligi”ga kiberhujumni amalga oshirishga ruxsat berganini tan oldi. U bu ma'lumotni The Washington Post nashri sharhlovchilaridan biri Mark Tissenga bergan intervyusida tan olgan

“To‘g‘ri”, - deb javob bergan Oq uy rahbari Tissen savolga javob berar ekan. 

Tramp, shuningdek, Barak Obama saylovgacha bo‘lgan davrda ham Rossiyaning o‘yinlaridan xabardor bo‘lganini aytgan. “Yoki unga aytishgan. Shundaymi, yo‘qmi, kim bilsin? U esa oshkor qilmadi. Buning sababi shundaki, Hillari Klinton g‘alaba qozonadi, degan ishonchda bunga aralashishni istamagan”, - degan Oq uy ma'muriyati yetakchisi. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Obamadan farqli o‘laroq, Rossiyaning Amerika saylov jarayoniga aralashuviga doir razvedka ma'lumotlari asosida ish tutgan. “Qarang, biz buni to‘xtata oldik”, - degan Tramp.

Amerika harbiylari 2018 yilgi oraliq saylovlarda Sankt Peterburgda joylashgan “Internet tadqiqotlari agentligi”ni internet tarmog‘idan uzib qo‘yishga qaratilgan qarshi kiberamaliyot o‘tkazgani haqida The Washington Post 2019 yil fevralida o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilgan edi. 

Top