Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp sudlanayotgan bino yaqinida erkak o‘z joniga qasd qildi
Erkak avval ham politsiya tomonidan bir necha bor hibsga olingan, uning ishsiz va o‘z joniga qasd qilishga moyil ekani qayd etilgan.
Foto: Spencer Platt/Getty Images
Sobiq prezident Donald Tramp sudlanayotgan Nyu-York sudi binosi qarshisidagi bog‘da o‘z joniga qasd qilishga uringan Maks Azzarello og‘ir kuyish jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda CNN yozdi.
Hodisa 19 aprel kuni Tramp tarafdorlari va muxoliflarining namoyishlari uchun maxsus ajratilgan hududda sodir bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilishga urinishdan oldin Azzarello havoga bir dasta broshyuralarni uloqtirgan, ular orasida o‘z manifestiga havola ham bor edi.
Azzarello matnlarida kriptovalutalar, Hollivud aktyorlari, koronavirus pandemiyasi, sobiq prezident Bill Klinton, «Simpsonlar», 2023 yildagi banklar inqirozi, shuningdek, Mark Tsukerberg va Ilon Mask haqidagi fitna nazariyalari tilga olingani ta’kidlanmoqda.
Erkak Florida shtatida bir necha bor hibsga olingan, politsiya uning ishsiz va o‘z joniga qasd qilishga moyil ekanini qayd qilgan.
Tramp 2016 yilgi saylov kampaniyasiga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun o‘zi munosabatda bo‘lgan porno aktrisaga pora berganlikda ayblanmoqda. Sobiq prezident 34 ta band bo‘yicha ayblangan bo‘lib, ularning har biri to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Agar hakamlar hay’ati Trampni barcha moddalar bo‘yicha aybdor deb topsa, u 136 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
20:54
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
16:34
Grenlandiya va Daniya aholisi Trampga qarshi namoyishga chiqdi
14:40
Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga doimiy a’zolik uchun 1 mlrd dollar talab qilmoqda
23:27 / 17.01.2026