17:03 / 13.07.2020
41525
Toshkent va Navoiyda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 167 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 13 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari esa Navoiy viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 363ta yangi holat aniqlandi, 2 bemor vafot etdi va jami o‘lim holatlari soni 62taga yetdi.

Shu vaqtgacha 7852 nafar bemor tuzalib chiqqan, 5446 nafar bemor davolanmoqda.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top