09:25 / 14.07.2020
175410
Abdurayim Abduvahobov olamdan o‘tdi

O‘zbek san'atining yetuk vakillaridan biri, kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Do‘stlik» ordeni sohibi Abdurayim Abduvahobov bugun, 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqdagi xabarni «O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati Kun.uz’ga tasdiqladi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyori Abdurayim Abduvahobov 1963 yil 8 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan aktyor hisoblanadi.

Muxlislarning sevimli «Shum bolasi» Abduraim Abduvahobov ijodiy faoliyati davomida «Shum bola», «Suyunchi», «Muhabbat sinovlari»,  «Nazira», «Sotqin», «Ko‘rgim keladi», «Poyga», «Qudajonlar», «Muqaddas Burch», «Akajon xizmatingizdamiz», «Osiy banda», «Ta'ziyadagi to‘y», «Dada», «Men bu men», «Ayollar saltanati» singari ko‘plab filmlar, shuningdek, «Shaytanat» teleseriali hamda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilgan «Chimildiq», «Gamlet», «Mirzo Ulug‘bek», «Imkon», «Andishali kelinchak», «O‘zbekcha raqs», «Rustam» kabi qator spektakllarda rol ijro etgan.

Ma'lum bo‘lishicha,  Abdurayim Abduvahobovning vafotiga o‘pka raki kasalligi sabab bo‘lgan. 

Kun.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top