10:59 / 20.07.2020
11063

Eronda AQShga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi

Foto: Reuters

Eronda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ga josuslik qilish va yanvar oyida o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning harakatlanishi to‘g‘risida ma'lumot uzatishda ayblangan shaxs qatl etildi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Isroilning «Mossad» razvedkasi bilan ham hamkorlik qilishda ayblangan Mahmud Musaviy Majd 20 iyul, dushanba kuni ertalab qatl qilindi.

Shu bilan birga, ushbu shaxsga qarshi ish Sulaymoniyning o‘limidan oldin ochilgan va AQShning eronlik generalga qarshi operatsiyalari bilan bog‘liq emas.

AQSh 2020 yil 3 yanvarda prezident Donald Tramp tomonidan berilgan buyruqqa muvofiq amalga oshirilgan raketa zarbasi bilan general Qosim Sulaymoniyni Bag‘dodda yo‘q qildi. Eronning «Quds» maxsus kuchlari qo‘mondoni amerikalik diplomatlar va askarlarga hujum qilish rejalarini faol ravishda ishlab chiqqani aytiladi.

Top