11:00 / 22.07.2020
5567
Bazalt asosidagi yangi avlod issiqlik izolyatorlari – qurilishda maqbul yechim

“O‘ZMETKOMBINAT” AJ qurilish va sanoatning boshqa sohalari uchun zarur bo‘lgan bazalt asosida ishlab chiqarilayotgan issiqlik izolyatorlarining yangi avlod materiallarini ishlab chiqarayotganini ma'lum qiladi.

Bazalt asosidagi issiqlik izolyatorlari bazalt tolalaridan tayyorlanadi. Bazalt issiqlik izolyatorlari issiqlikni tejash bilan birga ovoz o‘tkazmaydi va yong‘indan himoya qiladi. Mahsulot alohida parvarishga muhtoj emas: kimyoviy bardoshli va uzoq vaqt davomida foydalanishga mo‘ljallangan.

Issiqlik izolyatorlarini qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalar talaygina:

• Tom ostini izolyatsiyalash;
• Pollar va bino qavatlari o‘rtasini izolyatsiyalash;
• Bino fasadlarini izolyatsiyalash;
• Ventilyatsiya kanallarini izolyatsiyalash;
• Bolaxonalar shifti va devorlarini izolyatsiyalash;
• Xonalar o‘rtalarini izolyatsiyalash;
• Sovutish moslamalari devorlarini izolyatsiyalash;
• Sendvich panellardagi issiqlik izolyatsiyasi;
• Sanoat uskunalari va boshqalar.

Bazalt asosidagi issiqlik izolyatorlarining asosiy afzalliklari:

• Mukammal issiqlik izolyatsiyasi;
• Yonuvchan bo‘lmagan materiallar sinfiga tegishliligi (NG);
• Ovoz o‘tkazmasligi;
• 50 yildan ortiq muddatlarda xizmat qila olishi;
• Tezkor o‘rnatish, oson kesish va montajga qulayligi;
• Mog‘or va bakteriyalarga chidamliligi;
• Ekologik va gigiyenik jihatdan xavfsizligi.

Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning xususiyatlari:

Mineral paxta:

Zichligi: (50 ÷ 80) kg / m3;
Ekstremal harorat: -180 ⁰S dan + 700 ⁰S gacha
Mineral paxta qurilish va sanoatda issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu materialdan foydalanish bino ichida qulay muhit yaratilishini kafolatlaydi: sovuq havoda issiqlikni saqlaydi, yozda esa aksincha salqinlik yaratadi.

To‘qilgan matlar:

Egilmagan;                                                                  - Zichligi: 50-125 kg / m3
Metall setka bilan qoplangan;                                  - Uzunligi: 1000-6000 mm
Kraft qog‘ozli astar bilan qoplangan;                    - Kengligi: 1200 mm
Alyumin folga astar bilan qoplangan;                   - Qalinligi: 50/60/70/80/90/100/120 mm
- Maksimal harorat: - 180 + 7S +700 ⁰S

Turar-joy binolari, jamoat va ishlab chiqarish binolari va inshootlarning, shuningdek, issiq va sovuq suv ta'minoti isitish tarmoqlarining quvurlarini, barcha tarmoqlarning texnologik quvurlarini issiqlik izolyatsiyasi va ovoz to‘sish uchun mo‘ljallangan.

Issiqlik izolyatsiya plitalari:

Yumshoq plastinka (PM)                                   - Zichligi: 40 ÷ 50 kg / m3; qalinligi 50-150 mm
Yarim qattiq plastinka (PP)                            - Zichligi: 60 ÷ 80 kg / m3; qalinligi 30-150 mm
Qattiq plitalar                                                 - Zichligi: 100 ÷ 140 kg / m3; qalinligi 30-150 mm
Qattiqligi oshirilgan plitalar (PSJ)        - Zichligi: 160 kg / m3; qalinligi 30-90 mm
                                                                             - Uzunligi: 600-1200 mm 
                                                                             - Kengligi 400, 600, 1200 mm
                                                                             - Ekstremal harorat: - 60°C - 400°C gacha

G‘ishtdan, gaz betondan va boshqa bloklardan yasalgan ko‘p bo‘lmagan qavatli binolarning uch qavatli yengil devorlarining sendvich panellari, tomlar, pollar, shiftlar, ichki qismlarining issiqlik va ovoz o‘tkazmaslik xususiyatlarini shakllantirish uchun foydalanishga tavsiya etiladi.

Bog‘lanish uchun: +998 90 327 69 022 (Baxtiyor Qosimov)

Ish vaqti dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 18:00 gacha.

"O‘zmetkombinat" AJ dan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram: Telegram tashrif

Feysbuk: Feysbuk tashrif

Instagram: Instagram tashrif

Top