22:13 / 22.07.2020
23135
Olimlar ultrabinafsha koronavirusni o‘ldirishini isbotlashdi

Olimlar fikriga ko‘ra, ultrabinafsha mebel, stollar, skameykalar va boshqa narsalar yuzasidagi koronavirusni o‘ldiradi. 

Foto: Wikipedia

Ultrabinafshaga ega nurlar ostida virus yetarli darajada tez nobud bo‘ladi. Ultrabinafsha ta'siri ostida ham ular tezda o‘ladi. 

Bundan xavfli viruslar bilan ishlaydigan laboratoriyalarda dezinfeksiya usuli sifatida foydalaniladi, deb «G.P. Somov nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti» eksperimental virusologiya laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi Galina Kompanets so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti. Natijada, ko‘chada umumfoydalanadigan buyumlardan virusni yuqtirib olish xavfi pasayadi. 

Ammo, infeksiyani yuqtirib olishning asosiy yo‘li – havo-tomchi hisoblanadi. Demak, kasal odam bilan xoh ko‘chada, xoh yopiq binoda yaqin aloqada bo‘lganda virusni yuqtirib olish mumkin. 

Ultrabinafsha odamga yuqqan virusga ta'sir qilolmaydi yoki organizmni viruslarga ta'sirchanligini pasaytirolmaydi. Bundan tashqari, Covid-19 zarralari changga o‘tirib, ma'lum vaqt davomida havoda muallaq turishga qodir. Shu tufayli ham niqob taqish majburiy bo‘lib qolishi kerak.

«Agar bu bevosita aloqa bo‘lsa, masalan suhbatlashganda, yuz niqob bilan himoyalanmagan bo‘lsa, yo‘tal yoki aksa urganda infeksiya yuqishi mumkin», - dedi ekspert.

Quyosh nurlari ostida bo‘lishning katta afzalligi bor. Ultrabinafsha odam organizmida vitamin D ishlab chiqishiga sabab bo‘ladi. Uning yetishmovchiligi esa immunitetni susaytiradi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top