AQSh chet elliklar uchun koronavirusga qarshi emlanish talabini bekor qiladi
11 may kunidan boshlab emlanish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanadi.

Foto: Reuters
Chet ellik sayohatchilar uchun koronavirusga qarshi emlanish talabi 11 mayda tugaydi. Davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va federal pudratchilar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlash talabi ham bekor qilinadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
«Ma’muriyat federal xodimlar, federal pudratchilar va chet eldan kelgan aviayo‘lovchilar uchun koronavirusga qarshi emlanish talabini 11 may kuni tugatadi. Shu kundan boshlab sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat ham tugaydi», deyiladi bayonotda.
2020 yil mart oyida AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi avj olgani sababli favqulodda holat e’lon qilgan edi. 2023 yil 11 aprelda Jo Bayden uni 11 maydan bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida Qo‘shma Shtatlarda 104 millionga yaqin koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Uning oqibatida 1,1 million kishi vafot etgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
Mehmonxonaga hujjat taqdim etmay, MyID identifikatsiyasi bilan kirish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston | 11:24
-
Isroil harbiylari yevropalik diplomatlar tomonga o‘q uzdi
Jahon | 11:15
-
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:01
Mavzuga oid

01:12
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi

00:45
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

21:58 / 21.05.2025