17:03 / 27.07.2020
5309
Lukashenkoni qo‘riqlash xizmatining sobiq rahbari pora olishda ayblanib 12 yilga qamaldi

Andrey Vtyurin 2019 yilda hibsga olingandi. U o‘shanda Rossiya tijorat strukturasi vakilidan 148,6 ming dollar pora olganlikda ayblangandi. 

Foto: prokuratura.gov.by

 Belarus oliy sudi mamlakat xavfsizlik kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Andrey Vtyurinni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, u jazoni kuchaytirilgan tartibdagi koloniyada o‘taydi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

 Aleksandr Lukashenko Vtyurinni 2014 yil sentyabrda xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlagan, bungacha u prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlayotgandi.

Vtyurin 2019 yilda hibsga olingandi. U o‘shanda Rossiya tijorat strukturasi vakilidan 148,6 ming dollar pora olganlikda ayblangandi. 

 Undan tashqari, mazkur ish bo‘yicha yana 15 kishi aybdor deb topilgan. Ularga ham turli muddatlarga jazo tayinlandi.

Tergovning qayd etishicha, ayblanuvchilar shartnomalar tuzish uchun pora olishgan. 

Top