Belarusda Nexta Telegram-kanali mualliflari terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
Belarus rasmiy idoralari mamlakatdagi norozilik namoyishlarini yoritayotgan Nexta Telegram-kanali muallifi Stepan Putilo va sobiq bosh muharriri Roman Protasevichni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Ularning ismlari Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi saytining “Aksilterrorchilik faoliyati” bo‘limida paydo bo‘lgan.

Foto: babel.ua
Ta'kidlanishicha, KGB ro‘yxatiga kiritilgan 726 kishidan faqat Putilo va Protasevich Belarus fuqarolari hisoblanadi. Ro‘yxatda qayd qilingan qolgan kishilar Suriya, Iroq, Afg‘oniston fuqarolaridir.
Nexta mualliflari Belarus Jinoyat kodeksining “Ommaviy tartibsizliklar” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Avvalroq Putilo va Protasevich xalqaro kidiruvga berilgandi. Ta'kidlanishicha, hozirda ular Polshada qolmoqdalar. Belarus hukumati qo‘shni davlatni ularni topshirishga chaqirmoqda.
Belarus tergov qo‘mitasi Nexta mualliflariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ular ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish hamda hokimiyat va huquq-tartibot vakillariga nisbatan “ijtimoiy adovat qo‘zg‘atishga” qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishda ayblanmoqda.
Nexta Telegram-kanali Belarusda prezident saylovlaridan keyin boshlangan ommaviy noroziliklarni faol yoritib keladi. Minsk sudi internet-nashr materiallarini ekstremistik deb topgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

22:50 / 06.09.2024
Polsha Protasevichni qo‘lga olish uchun samolyotni Minskka yo‘naltirgan belaruslik uch amaldorga ayblov e’lon qildi

15:42 / 22.05.2023
Nexta Telegram-kanali sobiq bosh muharriri Roman Protasevich afv etildi

14:47 / 03.05.2023
Nexta sobiq bosh muharriri Protasevich 8 yilga qamaldi

10:15 / 22.04.2023