Yevroparlament Belarus va Turkiya rahbariyati harakatlarini qoralovçi va Yevropa ittifoqi rahbariyatini uşbu davlatlarga nisbatan qat'iyroq sanksiyalar kiritişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiyalar belaruslik faol Roman Bondarenkoning ölimi va Turkiyaning Kiprdagi harakatlari bilan boğliq holda qabul qilingan.

Yevroparlamentning Belarusga nisbatan sanksiyalarni kuçaytirişi 31 yoşli belaruslik faol Roman Bondarenkoning ölimi bilan boğlangan. U 12 noyabrda uyi hovlisida niqoblarda bölgan noma'lum kişilar tomonidan kaltaklangandan keyin şifoxonada vafot etgan.

Yevrodeputatlar rasmiy Minskdan Bondarenko va boşqa belaruslik faollar, jumladan Aleksandr Taraykovskiy, Aleksandr Vixor, Artyom Parukov, Gennadiy Şutov va Konstantin Şişmakovning ölimlarini sinçkov, xolis va mustaqil tergov qilişni talab qilgan. Şuningdek, Yevroparlamentda Belarusda ötgan prezident saylovlari natijalari va amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenkoning ğalabasini tan olmasliklari yana bir karra tasdiqlangan. Bundan taşqari, Belarusda faollarga qarşi jinoyatlar haqida ma'lumotlarni töplovçi maxsus markaz taşkil etiş taklif etilgan.

Yevroparlamentda Belarus rahbariyatiga bosim ötkaziş maqsadida Yevropa ittifoqidan moliyaviy ta'sir vositalarini qöllaş talab etilgan. “Yevroparlament Yevropa ittifoqi va unga a'zo davlatlar tomonidan Lukaşenko tuzumiga qarşi kiritilgan harakatlar yetarlimas deb hisoblaydi va Yevrokengaşning Lukaşenko tuzumi bilan boğlangan firmalar va oligarxlarga qarşi qaratilgan sanksiyalarning uçinçi paketi ustida iş olib borayotganini qöllab-quvvatlaydi”, deyilgan rezolyutsiyada.  

Yana bir rezolyutsiya Turkiyaning Kiprdagi harakatlari bilan boğlangan. Turkiya Kipr orolining yarmiga yaqinini egallovçi va turk qöşinlarining Kiprga 1974 yilda kirişi natijasida paydo bölgan Şimoliy Kipr turk respublikasini tan oluvçi yagona davlat hisoblanadi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 15 noyabrda Şimoliy Kiprga, jumladan Famagusta şahrida taşrif uçun oçilgan bahsli hudud - Varoş kvartaliga taşrif buyurgan.  

“Yevroparlament manzilli sanksiyalar kiritiş imkoniyatini hisobga olib, Yevropa kengaşini Turkiyaning bir tomonlama va noqonuniy harakatlari böyiça yagona pozitsiyani saqlaşga çaqiradi”, deyilgan uşbu rezolyutsiyada.