02:51 / 27.07.2020
6918
«Yuventus» – qatorasiga 9-bor A Seriya chempioni
Foto: Twitter/JuventusFC

A Seriyaning 36-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi (2:0) va muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoaning gollariga Krishtianu Ronaldu va Federiko Bernardeski mualliflik qilishdi.

Shunday qilib, Turin klubi ochkolarini 83taga yetkazib, chempionat yakuniga 2 tur qolganida eng yaqin ta'qibchisi
«Inter»dan 7 ochkoga o‘zib ketdi va qatorasiga 9-bor Skudettoni qo‘lga kiritdi.

A Seriya, 36-tur

Yuventus – Sampdoriya 2:0

26 iyul, «Alyans Stedium»
Gollar: Ronaldu (45+7), Bernardeski (67).
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (89). 
Yuventus: Shesni, Aleks Sandro, de Ligt (Rugani, 78), Bonuchchi, Danilo (Bernardeski, 29), Rabo, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 78), Kuadrado, Dibala (Iguain, 40), Ronaldu. 
Sampdoriya: Audero, Tonelli, Shabo (Leris, 22), Aujyello, Depaoli, Yankto (Gabbiadini, 74), Torsbi, Ramires (Maroni, 90+1), Linetti, Yosida, Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Pyanich (45), Torsbi (45+3), Tonelli (45+6), Yankto (66), Bernardeski (69), Kuadrado (80), Rabo (86), Depaoli (88).
Chetlatish: Torsbi (74).

Top