De Xea va Maguayrning dahşatli xatolari

Yevropa Ligasi. 1/4 final.
Javob öyinlari
Sevilya — Manchester Yunayted 3:0
Gollar: An Nosiri (8, 81), Bade (47).
Sevilya – Bunu, Navas, Markao (Suso, 29), Bade, Akunya (Telles, 85), Rakitiç, Fernando, Gudel, Lamela (Hil, 80), Okampos, An Nosiri.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Şou, 46), Maguayr, Lindelyof, Dalot, Eriksen (Elanga, 87), Zabitser (Fred, 68), Kazemiro, Sanço (Reşford, 46), Antoni, Marsiyal (Veghorst, 54).
Ogohlantirişlar: Kazemiro (56), Antoni (59), Bunu (73), Şou (90)
Birinçi öyin — 2:2.

Bir hafta oldin «Old Trafford»da keçgan öyin oxirida röy bergan aql bovar qilmas voqealar birinçi öyindayoq keyingi bosqiç masalasi hal bölgandek köringan juftlik qarama-qarşiligini eng intrigalisiga aylantirib yubordi. Öşa oqşomda «qizil iblislar» xuddi omadsizlik oroliga tuşib qolgandek edi, jamoa futbolçilari nafaqat ikki bor öz darvozasini işğol etib qöyişdi, balki jarohat tufayli ikki asosiy markaziy himoyaçilari - Varan va Lisandro Martinesdan ayrildi. Yetmaganiga sariq kartoçkalarini köpaytirib olgan Brunu Fernandeş diskvalifikatsiya tufayli javob öyinini ötkazib yuboradigan böldi.

Natijada «Ramon Sançes Pisxuan»da ham «MYu» va Maguayrning dahşatli tuşi davom etdi. Mehmonlar jamoasi sardori öyin debyutidayoq raqib pressingi ostida töpni An-Nosiriga topşirib qöydi va marokaşlik hujumçi «Sevilya» safida 50-golini nişonladi. Bu vaziyatda şu keçaning boşqa bir antiqahramoni De Xea ham töğri qaror qabul qilmadi, u andalusiyaliklarning uç futbolçisi qurşovida turib töp söragan himoyaçiga uzatma berdi.

Okamposning darvozani işğol etişi bekor qilinişi (unga uzatma bergan Akunyada kiçik ofsayd qayd etildi) ikkinçi golni faqat keçiktirdi. Bu gol ikkinçi bölim boşida urildi, Bade burçakdan berilgan uzatmani darvoza töriga joyladi. Yana bir kornerdan keyin ham inglizlar himoyaçilari işonçsiz harakat qildi, Okamposning bir neça metr masofadan yöllagan darvozasini darvozabon tösib qoldi. Bunday epizodlar — mehmonlarning ilojsiz holatda ekanini yaqqol namoyiş etib berdi. Jumladan, hujum çiziğida ham, vaziyatni ikkinçi bölimda tuşgan Reşford ham önglay olmadi. Kazemironing jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi Bunuga ortiqça qiyinçilik tuğdirmadi.