22:32 / 28.07.2020
4786
Smartfonlar uchun eng tezkor quvvatlagich taqdim qilindi

Qualcomm kompaniyasi smartfonlar uchun dunyodagi eng tezkor quvvatlagichni taqdim qildi. Ushbu quvvatlagich yordamida 4500 amper-soatli akkumulyatorni 50 foizgacha quvvatlash uchun bor-yo‘g‘i 5 daqiqa talab etiladi.

Foto: Pixabay

Qualcomm Quick Charge 5 quvvatlagichi Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilingan.

Yangi quvvatlagich avvalgi avloddagi modelga nisbatan 4 marta kuchliroqdir. Undan Snapdragon 865 va Snapdragon 865+ protsessorlarida ishlovchi smartfonlar egalari foydalanishlari mumkin.

Ta'kidlanishicha, Quick Charging 5 standartini qo‘llab-quvvatlovchi ilk gadjetlar bozorda 2020 yilning 3-choragida paydo bo‘ladi.

Top