12:16 / 29.07.2020
4634
Andijonda bir guruh og‘ufurushlar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 26 iyul kuni Andijonda soat 11:00da IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Uning davomida 26 yoshli J.T. Jalaquduq tumani Yangisor ko‘chasida 1 dona oq rangli sellofan paketga solinib qadoqlangan holdagi, og‘irligi 370 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 8.000 AQSh dollari evaziga o‘tkazayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Tadbir davomida J.T.dan kimyoviy ishlov berilgan 8.000 AQSh dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, joriy yilning 25 iyul kuni soat 22:00da J.T. 29 yoshli N.T. (ayol) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Andijon viloyati Buloqboshi tumani o‘ramidagi qo‘riqlanishi zaif bo‘lgan hududi orqali qonunga xilof ravishda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahriga o‘tib, u yerdan dastlabki tergov davrida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan “B” ismli shaxsdan yuqoridagi “gashish” giyohvandlik moddasini 3.200 AQSh dollariga sotib olib, 26 iyul kuni soat 05:00da qonunga xilof ravishda takroran O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha T.J. va N.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Top