12:12 / 03.08.2020
3800
Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyasi Speedway tarmog‘ini 21 milliard dollarga sotib olmoqda

Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyasi Seven & i Holdings AQShda do‘konlar va AYoQShlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Speedway kompaniyasini 21 mlrd dollarga sotib olmoqda. Bu haqda yapon xoldingi ma'lum qildi.  

Foto: Speedway

“Bu tarixiy birlashish va kompaniyamizni jahon reteyleriga aylantirish tomon muhim qadamdir”, deb aytgan kompaniya prezidenti Ryuiti Isaka.

Seven & i Holdings 100 ga yaqin davlatda 35 ming do‘konga ega. Kompaniya, shuningdek, dunyodagi eng yirik do‘konlar tarmog‘i 7-Eleven’ga egalik qiladi. 2017 yilda xolding AQShning Sunoco tarmog‘idan mingdan ko‘proq do‘kon va AYoQShlarni 3,3 mlrd dollarga sotib olgan.

Top