19:40 / 06.08.2020
5328
O‘zbekistonlik muhojirlar Primoredagi shifoxona xodimlariga minnatdorlik sifatida palov tayyorlashdi

 Shifokorlar uchun ikkita qozonda 15 kilo devzira guruchidan bayram palovi damlandi. 

Foto: newsvl.ru

O‘zbekiston fuqarolari Dalzavod yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlariga minnatdorlik sifatida 150 porsiyadan ortiq palov tayyorlab tarqatdi. Bu yerda COVID-19ga chalingan bemorlar davolanayotgan bo‘lib, ular orasida mehnat muhojirlari ham bor.

 Ushbu tashabbusni «Adolat» o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar jamoat tashkiloti ko‘tarib chiqdi.

 Shifokorlar uchun ikkita qozonda 15 kilo devzira guruchidan bayram palovi damlandi. 

 «Tibbiyot xodimlariga osonmas. O‘zim 15 yil shu kasbda ishlaganman, 10 yil O‘zbekistonda tez yordamda va 5 yil Rossiyadagi xususiy klinikada. Biz faollarimiz bilan maslahatlashdik va primorelik shifokorlarga minnatdorlik sifatida palov tayyorlashga qaror qildik», – deydi «Adolat» o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar jamoat tashkiloti raisi Bahodir Nurakov.

 Tashabbusni Dalzavod shifoxonasi bosh shifokori Yelena Novitskaya qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shifokorlarning ruhini ko‘tarishga yordam beradi.

 “Dalzavod shifoxonasida bemorlar millatiga qarab ajratilmaydi. Bu yerda O‘zbekiston, Vetnam va boshqa davlatlar fuqarolari davolanadi. Xorijliklarga tibbiy yordam ularda tibbiy sug‘urta bor-yo‘qligidan qat'i nazar, bepul ko‘rsatiladi”, deydi u.

 Qayd etilishicha, bayramona palov tayyorlanishiga ko‘plab kishilar va tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shgan. Ular orasida Primoreda oshpaz, quruvchi, haydovchi bo‘lib va boshqa kasblarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar bor. 

Top