Britaniya parlamentining yuqori palatasi hukumat bosimi ostida Britaniya çegarasini noqonuniy kesib ötgan muhojirlarni Ruandaga deportatsiya qiliş böyiça bahsli qonun loyihasini qabul qildi. Qonun loyihasi Lordlar palatasi tomonidan 23 aprel, seşanbaga ötar keçasi ma’qullangan. Avvalroq Britaniya boş vaziri Rişi Sunak seşanbagaça, parlament qonunni ma’qullaş uçun zarur bölgan vaqtgaça ötirişini ma’lum qilgan edi. Sunak: «Heç qanday «yöq» bölmaydi. Bu reyslar Ruandaga boradi» dedi. Parlamentning har ikki palatasida qabul qilingan qonun loyihasi Britaniya qiroli Çarlz III tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.

Qonun loyihasiga köra, Britaniyaga noqonuniy kirgan barça muhojirlar Ruandaga tijoriy reyslar orqali çiqarib yuboriladi va u yerda boşpana söraşi mumkin. Ular Britaniyaga qaytarilmaydi. Hukumat bu çoralar bilan har yili ön minglab muhojirlar ötadigan xavfli La-Manş böyi orqali noqonuniy migratsiya oqimini tösib qöymoqçi va odam kontrabandaçilarining biznesini yöq qilmoqçi, deya qayd etadi Reuters. 

Ruandaga sarmoya evaziga qoçqinlar

Ruanda bilan hamkorlik qiliş taşabbusi birinçi marta Britaniyaning sobiq boş vaziri Boris Jonson tomonidan 2022 yilda e’lon qilingan edi. Şartnomada London Ruandaga noqonuniy muhojirlarni yuborişi va Ruanda iqtisodiy rivojlaniş uçun Londondan millionlab dollar sarmoya olişi nazarda tutilgan. 

Jonsonning taşabbusi Britaniya jamiyati va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida keskin tanqidlarga sabab böldi. 2022 yil iyun oyida Britaniya rasmiylari 30 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qilmoqçi bölgan birinçi reys sönggi daqiqada Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarori tufayli bekor qilingan edi.

Mamlakatning amaldagi boş vaziri Rişi Sunak 22 aprel kuni Britaniyadan deportatsiya qilingan muhojirlar bölgan dastlabki reyslarni 2024 yil iyul oyida jönatişga va’da bergan edi.