Finlandiya Yevroittifoqqa Rossiya-Finlyandiya çegarasi orqali Yevropa Ittifoqiga kirmoqçi bölgan muhojirlarni qaytarişda yordam sörab murojaat qildi. Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo 19 aprel, juma kuni Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen bilan çegaradagi Lappeenrantaga taşrif buyurganidan söng: «Biz öz qonunçiligimizni tayyorlayapmiz, lekin bizga Yevropa Ittifoqidan ham çora kerak», dedi.
Fon der Lyayyen Yevrokomissiya Helsinkini qöllab-quvvatlaşi va muhojirlar kelgan mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilişiga işontirdi. «Biz bir davlat kambağal odamlardan boşqa davlatga bosim ötkaziş uçun foydalanayotganini körmoqdamiz, şuning uçun bu aniq xavfsizlik muammosi», dedi fon der Lyayyen Rossiyaning harakatlari haqida.
«Rossiyaning gibrid hujumlari nafaqat Finlandiya xavfsizligiga taalluqlidir, - deb yozadi Yevropa komissiyasi rahbari X ijtimoiy tarmoğida, - gap butun Yevropa Ittifoqining xavfsizligi haqida boryapti».
Finlandiya ötgan yili Suriya va Somali kabi davlatlardan muhojirlar oqimidan söng Rossiya bilan çegarasini yopgan edi. Finlandiya Rossiyani migratsiyadan mamlakat va YeIga qarşi qurol sifatida foydalanayotganlikda aybladi. Kreml bu ayblovlarni rad etdi. Hozir Finlandiya çegaraçilarga Rossiyadan kelgan boşpana izlovçilarni qaytarişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini işlab çiqmoqda. Avvalroq, Polşa va Litva Belarus bilan çegarasi orqali ham xuddi şunday muammo - qoçqinlarning kuçli oqimiga duç kelgandi.













