10:07 / 06.08.2020
5843

«Savdo to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonunning maqsadi savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Savdo to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarini va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
  • savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlarni respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida taqsimlash;
  • savdo madaniyatini takomillashtirish;
  • savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibotlarini o‘rnatish;
  • aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, raqobat muhitini shakllantirish;
  • ushbu Qonun tashqi va birja savdolari, ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar, energoresurslar ta'minoti, lombardlar, intellektual mulk sohalaridagi savdo munosabatlarini tartibga solmaydi.

Davlat tomonidan savdo faoliyatini tartibga solishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

savdo faoliyati ishtirokchilari, ishlab chiqaruvchilar, shuningdek mahsulotlar va xizmatlar iste'molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi hududida savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimining yagonaligi.

Savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish metodlari quyidagilardan iborat:

  • barcha turdagi savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga qo‘yiladigan talab hamda tartiblarini tasdiqlash;
  • oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish hamda savdo faoliyatini yuritish qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
  • savdo sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solish;
  • savdo sohasida axborot ta'minotini chuqur joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash.

Savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning quyidagi turlari mavjud:

texnik standartlashtirish, gigiyenik sanitariya qoidalarini belgilash, tovarlar va savdo faoliyati sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

Savdo faoliyati sub'yektlari quyidagilarni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega:

savdo sohasida amalga oshirmoqchi bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turi;

tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan savdo obekti (shaxsiy, ijaraga olish, turg‘un, ko‘chma);

savdo faoliyatini amalga oshirish usuli (yarmarka, savdo avtomatlari orqali, Internet orqali va x.k.);

sotiladigan tovarlarga narxlar;

savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari (tovar va xizmatlar assortimenti, ish tartibi, faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar, reklama tashkil etish usullari, oldi-sotdi shartnomalar shartlari), shuningdek iste'molchilarga sotuvchi, taklif etilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazib berish usullari;

savdo obektlarida tovarlarni xarid qilish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali hamda savdo-texnologik uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalaridan foydalangan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

Top