Naşrda ta’kidlanişiça, salohiyatni oşiriş böyiça qator tadbirlar doirasida YeIK BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti böyiça maxsus dasturiga (SPECA) a’zo davlatlar, Xususan, Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonida bölgan Özbekistonga savdoni osonlaştiriş va ta’minot zanjirlaridagi axborot oqimlarini raqamlaştirişda yordam körsatmoqda.
"YeIK Özbekiston bilan savdoni osonlaştiriş böyiça hamkorlikning ön yillik tajribasiga tayanib savdoni osonlaştiriş böyiça milliy "yöl xaritasi"ni işlab çiqişga kömaklaşmoqda. Bu YeIK kömagida tayyorlangan va SPECA’ga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan 2023 yilgi sammitda qabul qilingan BMT huquqiy hujjatlari va standartlaridan foydalangan holda Transkaspiy transport yölagi böylab multimodal ma’lumotlar va hujjatlar almaşinuvini raqamlaştiriş böyiça "Yöl xaritasi"ni amalga oşirişning bir qismidir", – deyiladi maqolada.
Maqolada qayd etilişiça, Özbekiston tomoni taklifiga köra, 2024 yil 29 mart kuni Toşkent şahrida YeIK tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Bojxona qömitasi bilan birgalikda multimodal ma’lumotlarni raqamlaştiriş va hujjat almaşiş böyiça standartlarini qöllaş yuzasidan salohiyatni oşiriş mavzusida seminar taşkil etdi.
YeIK Özbekistonga savdoni osonlaştiriş böyiça "yöl xaritasi"ni yakunlaşda yordam berdi. Uşbu jarayon doirasida Özbekistonda ma’lumotlar va hujjatlarni multimodal almaşiş uçun CeFACT standartlarini joriy etiş böyiça bir neçta işçi guruhlar tuzildi. Jarayon şu yilning yozida yakuniga yetişi kutilmoqda.












