Bugun, 9 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar “Özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqdi.

Rasmiy relizda aytilişiça, mazkur qonun fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boşqa bino va inşoot yoki köçmas mulk obektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylaştilişi uçun huquqiy asoslar yaratilişiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan moddama-modda muhokama qilindi va uçinçi öqişda qabul qilingan.

Qonunçilik palatasining avvalgi majlisida axborot bergan Adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov bu qonun 3,8 milliondan ortiq fuqaroning 493 ming gektarga teng yer uçastkalari taqdirini belgilab berişini aytgandi.

Oliy Majlis Senatining şu yil 30 mart kuni bölib ötgan ellik birinçi yalpi majlisida uşbu qonunni qabul qiliş zarurati hamda uning qaysi bosqiçda ekani muhokama qilingan, mas’ullarga jarayonni tezlaştiriş böyiça tegişli körsatmalar berilgandi.