11:13 / 09.08.2020
13351
Amerikaliklar Shimoliy Koreyaning Janubga ehtimoliy hujumi ssenariylarini e'lon qilishdi 

AQShning RAND tahliliy markazi Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga artilleriya quroli qo‘llagan holda ehtimoliy hujumi ssenariylari keltirilgan ma'ruzani taqdim qildi.

Foto: Danish Siddiqui/Reuters

Hammasi bo‘lib hujjatda Pxenyanning Seulga hujumi qanday kechishi mumkinligining 5 varianti keltirib o‘tilgan: Jumladan:

- Janubiy Koreyadagi yirik sanoat obektining 5 daqiqa davomida o‘qqa tutilishi;
- ikki davlat o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududning bir daqiqa davomida o‘qqa tutilishi;
- Janubiy Koreya poytaxti Seulning bir daqiqa davomida o‘qqa tutilishi;
- qurolsizlashtirilgan hududning bir soat davomida o‘qqa tutilishi;
- Seulning bir soat davomida o‘qqa tutilishi.

Hujjatda ta'kidlanishicha, ushbu ssenariylardan birining amalga oshirilishi qurbonlari soni 400 dan 17 minggachani, jabrlanuvchilar soni 4,5 mingdan 200 mingdan ko‘proqqachani tashkil qilishi mumkin.

“Ma'ruza mualliflarining xulosa qilishicha, bunday jiddiy ziyon bunday qisqa vaqtlarda yetkazilishi mumkinligi sababli AQSh va Janubiy Koreya bunday hujumlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harbiy ig‘volardan tiyilishlari lozim”, deyilgan hujjatda.

Pxenyan va Seulning o‘zaro munosabatlari iyun boshida yana yomonlashdi. Bunga Shimoliy Koreyada Janub hududidan tarqatilgan hukumatga qarshi varaqalar paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. 

23 iyunda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In javob chorasi sifatida Seulga qarshi harbiy kuch qo‘llamay turishga qaror qilgan.

Top