21:09 / 13.08.2020
9012
G‘arbning mashhur arxitektura yodgorliklari arablardan «o‘g‘irlangani» ma'lum qilindi

G‘arb sivilizatsiyasining mashhur arxitektura yodgorliklari arablarning loyihalari asosida qurilgani ma'lum qilindi.

Foto: Jack Taylor / Getty Images

Diana Dreykning «Saratsinlardan o‘g‘irlab» nomli kitobida bayon qilinishicha, g‘arb sivilizatsiyasining «Notr-Dam-de-Pari», «Big-Ben», «Vestminster abbatligi» va «Avliyo Mark cherkovi» kabi mashhur arxitektura yodgorliklari arablarning loyihalari asosida barpo qilingan.

Dreyk asarida keltirilgan bu ma'lumotlar g‘arbda ishonchsizlik keltirib chiqardi. Yozuvchi o‘quvchilarning bu ma'lumotlarga bo‘lgan munosabatidan hayron qolgan. U mashhur binolarning kelib chiqish tarixi arablarga borib taqalishini ko‘plab yevropaliklar bilsa kerak, deb o‘ylaganini tan oldi. 

«Biroq, ko‘plab odamlar madaniy yodgorliklarning tarixi haqida umuman bilimga ega emas ekan», — deb ta'kidladi Dreyk.

Ayol bu kitobni yozishga Yevropada islomofob kayfiyatning oshib borayotgani tufayli jazm qilganini ta'kidladi.

«Hozir dunyo Sharq va G‘arbga ajralgan. Ammo qadimda bunday bo‘lmagan. Madaniy aloqalar juda kuchli bo‘lgan. G‘arb asosan Sharqdan o‘rgangan. Sharq esa G‘arbdan juda oz narsani olgan», — deb tushuntirdi Dreyk.

2019 yil aprel oyida Fransiyada «Notr-Dam-de-Pari» cherkovi yonib ketgan edi. Shundan so‘ng, prezident Emmanuel Makron uning 5 yilda to‘liq tiklanishini va'da berdi.

Top