20:04 / 13.08.2020
8215
Ijodiy imtihoni bekor qilingan abituriyentlarga ham qo‘shimcha 4ta yo‘nalishni tanlash imkoni berildi

Buning uchun ular 16 avgustgacha abitur.dtm.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, arizasiga o‘zgartirish kiritishi lozim.

Davlat qabul komissiyasining 2-son bayoni qabul qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Hujjat bilan, pandemiya sababli 2020/21 o‘quv yili qabulida istisno tariqasida ham test, ham ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari bilan almashtirildi.

 

Shundan kelib chiqqan holda, mazkur 12ta ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarga test topshiradigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha 4 tagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi berildi.

7200ga yaqin abituriyent 16 avgustgacha (shu kuni ham) qo‘shimcha 4ta yo‘nalishni tanlashi mumkin. Buning uchun ular abitur.dtm.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, arizasiga o‘zgartirish kiritishi lozim.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev keltirgan ma'lumotlarga ko‘ra:

  • Arxitektura yo‘nalishidagi Matematika (3,2) + Ona tili va adabiyot (3,1) majmuasi faqat 2 ta yo‘nalishda bor: Sotsiologiya hamda Kutubxona-axborot faoliyati.
  • Jurnalistikadagi Ona tili va adabiyot (3,2) + Chet tili (3,1) majmuasi faqat Noshirlik ishi yo‘nalishida bor.
  • Dinshunoslik va Islomshunoslikdagi Chet tili (3,2) + Tarix (3,1) majmuasi boshqa birorta yo‘nalishda yo‘q.
Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top