Bugun, 12 avgust kuni Xalqaro press-klubning OTMlarga kiriş imtihonlariga bağişlangan sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada qatnaşgan Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulovning sözlariga köra, ham test, ham ijodiy imtihon olinişi kutilgan ta'lim yönalişlariga jami 7200ga yaqin abituriyent hujjat topşirgan.
Uşbu ta'lim yönalişlarida pandemiya sababli ijodiy imtihonlar olib taşlangan bölib, buning örniga abituriyentlardan avval belgilanganidek bitta emas, ikkita fandan test olinadi.
Ma'lum qilinişiça, ötgan yili mazkur yönalişlarda ijodiy imtihon va 2ta fandan test olingan bölsa, bu yil ötgan yilgi blokdagi 2-fandan test sinovini ijodiy imtihon örniga topşirişi kerak böladi.
«Masalan, jurnalistika ta'lim yönalişi abituriyentlari ötgan yili özbek tili va adabiyoti hamda ingliz tilidan test topşirgan bölsalar, bu yil ham şu ikki fandan test topşirişadi, ijodiy imtihon olinmaydi», – deya ma'lum qildi vazir örinbosari.
Ma'lumot uçun, Kun.uz mazkur tartib haqida 22 iyunda xabar bergan, 7 avgustdagi matbuot anjumanida ham şunday yangilik kutilayotgani ta'kidlangan edi. Ammo hozirga qadar imtihonlardagi mazkur özgariş hujjatlarda rasman tasdiqlanganiça yöq.
Test sinovlari bilan birga ijodiy imtihon ham ötkazilişi rejalaştirilgan ta'lim yönalişlari 13ta bölib, ular asosan jurnalistika, arxitektura, çaqiriqqaça harbiy ta'lim, dinşunoslik, islomşunoslik, axborot xizmati va jamotçilik bilan aloqalar kabilarni öz içiga oladi.


















