Davlat test markazi çet tilidan ijodiy imtihonga oid bir qator eslatma va qöşimça ma’lumotlar berdi.
2022-2023 öquv yili qabulidan boşlab xorijiy tillar böyiça mutaxassislarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan:
- Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat çet tillar instituti;
- Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining –
– fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga, hamda:
- Toşkent davlat pedagogika universiteti;
- Qöqon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika institutining –
– xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat ta’lim yönalişlariga kirişda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi.
Bunda mazkur ta’lim yönalişlariga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş 10 iyulga qadar (öşa kuni ham) amalga oşiriladi.
DTMning eslatişiça, mazkur ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlar 10 iyulga qadar onlayn röyxatdan ötib, agar maktabni avvalgi yillarda tamomlagan bölsa, tölov qilişlari kerak.
Çet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topşirmaydi va ularga çet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
Ijodiy imtihon uçun jami 2 soat 45 daqiqa vaqt ajratiladi.
- 1-bölim: Tinglab tuşuniş (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)
- 2-bölim: Öqiş (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)
- 3-bölim: Yoziş (45 daqiqa / 2 topşiriq / 30 ball)
- 4-bölim: Gapiriş (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)
Jami töplanişi mumkin bölgan ball: 120 ball.


















