14:24 / 14.08.2020
9661
Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi 

YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB

Joriy yilning 13 avgust kuni soat 14:45larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R-181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.Q. “Neksiya-2” rusumli transport vositasini mast holda, yuqori tezlikda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi, 2009 yilda tug‘ilgan R.G. va velosiped yo‘lovchisi, 2010 yilda tug‘ilgan Sh.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan mastlik holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, tezlik me'yorlariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top