08:55 / 14.08.2020
5471
Toshkentda MChJ direktori ikki fuqaroni 214 000 000 so‘mga «uxlatdi»

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrida 2019 yilning fevral oyidan may oyiga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida 48 yoshli I.K. MChJ direktori va ta'sischisi sifatida imzo qo‘yish, kreditlarni taqsimlash huquqiga ega bo‘la turib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, B.M. va Sh.A.ning ishonchiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u qiymati 214.000.000 so‘mlik xom-ashyo mahsulotini qabul qilib olib, uni qayta ishlab chiqarib, pulini berishini va'da qilib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, I.K. o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, MChJning direktori bo‘la turib, ushbu jamiyatning moliyaviy va buxgalterlik hujjatlari hamda shtamp-muhrlarini g‘arazli boshqa past niyatlarda qasddan bekitgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda hujjatli taftish tayinlangan. 

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top