Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi mashina bozori o‘rnida yangi istirohat bog‘i qurilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.

“Sergeli mashina bozori o‘rnida ko‘ngilochar maskan quriladi degan ma’lumotlar har xil telegram kanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda, ushbu ma’lumot noto‘g‘ri hamda tasdig‘ini topmagan. Hozirgi kunda Sergeli mashina bozorining o‘rniga ko‘ngilochar maskan qurilishi yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q”, deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.

Toshkent shahar hokimiyatining Kun.uz’ga izoh berishicha, bozorni ko‘chirish ham, uning o‘rnida istirohat bog‘i qurish g‘oyasi ham kun tartibida yo‘q.