Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli avomobil bozorini Yangi Chinoz shaharchasiga yetmasdan, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining o‘ng tomonidagi hududga ko‘chirish bo‘yicha loyiha tayyorlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bundan Toshkent shahri markazidan Sergeli tumaniga kirish va chiqishdagi tirbandliklar muammosini hal etish ko‘zlangani keltirib o‘tiladi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.
“Bu feyk ma’lumot. Ayrim telegram-kanallar va blogerlar tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishyapti. Ularga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘ramiz. Bozor odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiryapti”, deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.
Avvalroq, Sergeli mashina bozorida rekonstruksiya ishlari boshlangani, bozor to‘laligicha Tashkent Indexʼga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ammo, bu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.











