01:53 / 18.08.2020
6409
Yevropa Ligasi. «Inter» «Shaxtyor»ni tor-mor etib, finalga yo‘l oldi
Foto: Twitter/EuropaLeague

Yevropa Ligasining ikkinchi yarimfinalida «Inter» Donetskning «Shaxtyor» klubi darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Martines va Lukaku dublga erishishgan bo‘lsa, yana bir gol D'Ambrozio hisobiga yozildi. 

«Inter» 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan finalda «Sevilya»ga qarshi bahs yuritadi. Ispaniya klubi yarimfinalda «MYu»ni (2:1) mag‘lub etgandi. 

Yevropa Ligasi, 1/2 final

Inter – Shaxtyor 5:0

17 avgust, «Merkur Shpil-Arena»
Gollar: Martines (19, 74), D'Ambrozio (64), Lukaku (78, 84).
Inter: Handanovich, Godin, de Vrey, Bastoni, Yang (Biragi, 66), Brozovich (Sensi, 85), Barella, Galyardini, D'Ambrozio (Mozes, 81), Martines (Eriksen, 81), Lukaku (Espozito, 85).
Shaxtyor: Pyatov, Matviyenko, Krivsov, Xocholava, Dodo, Stepanenko, Markos Antoniu, Patrik (Solomon, 59), Tayson, Marlos (Konoplyanka, 75), Moraes.
Ogohlantirish: Tayson (58).

Top