Buxoro shahri va «Yetti pir» ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
“Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi.
Joriy yilning 22 avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09:00dan e'tiboran karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya-gigiyena me'yorlarga amal qilgan holda “Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda “ARK TRAVEL” MChJ korxonasi o‘zining avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qatnov prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining “Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash, viloyatning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
14:55 / 28.12.2024
Buxoroda Hayrabot kanalida cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
17:03 / 15.12.2024