22:40 / 21.08.2020
1901
Britaniyaning davlat qarzi birinchi marta 2 trln funt sterlingdan oshdi 

Britaniyaning davlat qarzi pandemiya vaqtida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga sarflangan katta mablag‘lar tufayli yil davomida 227,6 mlrd funt sterlingga ko‘payib, iyul oxirida 2,004 trln funt sterlingni tashkil qildi. Bu Britaniyaning davlat qarzi tarixda birinchi marta 2 trln funt sterlingdan (2,6 trln dollar) oshishidir. 

Britaniya milliy statistika xizmatining (ONS) ma'lum qilishicha, qirollikning davlat qarzi iyul oxirida yalpi ichki mahsulotidan ko‘proqni - 100,5 foizni tashkil qilgan. Bu esa bir yil avvalgiga nisbatan 20,4 foiz ko‘proq bo‘lgan. Britaniya davlat qarzi oxirgi marta 1961 yilda yalpi ichki mahsulotidan ko‘proqni tashkil qilgan.
 
Britaniya hukumati pandemiya vaqtida ish beruvchilar va soliq to‘lovchilarga yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun katta mablag‘lar ajratgan. Britaniya moliya vaziri Rishi Sunak ushbu ma'lumotlarga izoh berarkan, koronavirus inqirozi davlat budjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushganini, biroq hukumatning bunday katta miqdordagi sarf-xarajatlarsiz vaziyat yanada yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytgan.  

Top