09:49 / 21.08.2020
6016
Tramp AQShning koronavirusga qarshi vaksinasini o‘zida qo‘llashga tayyorligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar samaradorligi isbotlansa, ular bilan emlanishga tayyorligini ma'lum qildi. Oq uy rahbari bu haqda Fox telekompaniyasi efirida aytib o‘tdi. 

Foto: Picture Alliance

Boshlovchi Shon Xenniti prezidentdan vaksina ishonchli ekani tasdiqlansa, u bilan emlanishga tayyorligi haqida so‘ragan. “Emlangan bo‘lardim. Menda bu bilan hech qanday muammo bo‘lmasdi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti.

Tramp amerikalik mutaxassislar vaksinani olishga yaqinlashib qolishganini qo‘shimcha qilgan. “Biz sinovlarning uchinchi bosqichidamiz. Biz bu borada muddatlardan bir necha yil oldindamiz”, deb aytgan Tramp. U yaqin orada bu borada xushxabar bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.

AQSh ma'muriyati hozirga kelib koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqilishiga 12 mlrd dollar investitsiya qilgan. Tramp vaksinalar sinovdan o‘tib, ma'qullansa, AQSh ulardan yiliga 600 mln doza ishlab chiqarishga tayyorligini ma'lum qilgan.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top