AQŞ prezidentligiga takror saylaniş uçun nomzodini ilgari surayotgan Donald Trampga törtinçi jinoiy iş böyiça ayblov e’lon qilindi. Xöş, nega oradan uç yil ötib, sobiq prezidentga nisbatan ketma-ket tergov va sud işlari oçilyapti? Uşbu sonda buning sabablari haqida fikr yuritamiz.

Şu bir yilning özida, AQŞning sobiq prezidenti Donald Trampga qarşi törtta jinoiy iş oçilib, tergov işlari boşlab yuborildi. AQŞ – dunyoning birinçi iqtisodiyoti va birinçi harbiy qudrati, demokratik dunyo lideri. Şuning uçun bu davlatdagi siyosiy jarayonlar – global siyosatga ta’sir qiladi. Ayniqsa, kelasi 2024 yil – prezidentlik saylovlari yili ekani e’tiborga olinsa, Tramp atrofidagi jarayonlarni tahlil qiliş juda muhim.

Demak, Trampga qarşi törtta jinoiy iş oçildi. Ular qaysilar? 2020 yilda saylovlarni yutqazib boşlagaç, Tramp Jorjiya ştati mutasaddilariga telefon qilib, “yetişmayotgan ovozlarni topişni va uşbu ştatda Tramp ğalabasini ta’minlaşni” talab qilgan, bosim ötkazgan. Natijada Jorjiya ştati Trampga qarşi saylovlarni soxtalaştirişga çaqiriq va qasamyod ostidagi davlat mulozimiga öz vakolatlarini suiiste’mol qilişga undaş kabi ayblar qöyilgan.

Yana 2020 yilda saylovlarni yutqazib qöygaç, Tramp öz tarafdorlariga murojaat qilib, “Bizning ovozlarimizni öğirlaşdi. Ovozlarimizni eşitişlariga erişiş kerak”, degan va namoyişçilarni Kapitoliyga bostirib kirişiga psixologik rağbatlantirgan.

Qolaversa, 2016 yilda hali AQŞ prezidentligiga saylov kampaniyasi ketayotgan vaqtda Amerika jamoatçiligidan özi haqidagi muhim xabarlarni yaşiriş maqsadida bir neça ayollarga pora bergan. Natijada, AQŞ jamoatçiligidan bölğusi prezident haqidagi muhim ma’lumotlar yaşirilgan.

Va nihoyat, prezidentlikdan ketgaç, Tramp özining şaxsiy uyiga juda köplab maxfiy hujjatlarni olib ketgan. AQŞ qonunlariga köra, Trampning bu ma’lumotlarni uyiga olib kelişiga huquqi bölmagan.

Tramp prezidentlikdan böşaganiga mana uç yil bölyapti. Lekin nega oradan uç yil ötib, sobiq prezidentga nisbatan ketma-ket sud işlari oçilyapti?

Amerikada yozilgan qonunlardan taşqari, siyosiy an’ana darajasidagi yozilmagan qoidalar ham bor. Misol uçun, AQŞda amaldagi prezidentlar boşqa davlat institutlari, OAV va fuqarolik jamiyati tomonidan tiyib turiladi, nazorat qilinadi, mislsiz tanqid qilinadi. Işdan böşagaç, sobiq prezidentlar amaliyotda “daxlsiz” deb köriladi. Ularga katta nafaqa tayinlanadi. Sobiq prezidentlar alohida hurmat-e’tibor markazida bölişadi. Ularga va ularning oila a’zolariga davlat tomonidan tansoqçilar beriladi, xavfsizligi kafolatlanadi. Şuningdek, sobiq prezidentlarning maxfiy ma’lumotlar oliş huquqi ham saqlanib qoladi.

Lekin Trampga kelganda unday bölmadi. Tramp Amerika tarixidagi eng ziddiyatli prezident bölsa, ajab emas. Uning prezidentligi ham janjallar, mojarolar, fitnalar va töqnaşuvlarga boy böldi. Tramp hokimiyatdan ketgaç ham, unga qarşi bir emas ikkita impiçment jarayoni boşlandi va bittasi körib çiqişga ham ulgurilmadi.

Mana endi, sobiq prezident Trampga qarşi törtta jinoiy iş ketyapti. Bu işlar Trampning yana qayta prezident bölişiga tösiq böla oladimi?

 

Birinçi sabab – Tramp Amerika elitasining ğaşiga tegib bölgan, maynstrim, ya’ni asosiy kursdan taşqarida bölgan siyosatçi hisoblanadi. AQŞ siyosiy elitasi, xoh u demokrat bölsin, xoh respublikaçi, Trampni Amerika manfaatlari uçun noqulay yoki xavfli bölgan siyosatçi deb biladi.

Ayni paytda Tramp Respublikaçilar partiyasi uçun ham katta boş oğriği. Bu partiya ikki öt orasida. Bir tomondan, respublikaçilar özining vakili va sobiq prezidentini himoya qilişga majbur. Çunki demokratik davlatlarda partiyalarning “birdamlik” siyosati juda kuçli. Ya’ni partiyalar har doim imkon qadar özlarining a’zolari va tarafdorlarini himoya qilişlar şart.

Ikkinçi tomondan, Tramp Respublikaçilar partiyasining ham obrösizlanişiga, ziddiyatlarga sabab bölib kelayotgan siyosatçi. Qolaversa, Respublikaçilar taşqi siyosatda har doim ança agressiv ekspansionizm tarafdori.

Lekin Tramp Amerikaning an’anaviy ittifoqlari va munosabatlarini tan olmaydi, izolyatsionizmga moyil. Maqsadi – imkon qadar AQŞ pullarini brutal şaklda tejaş. Bu bilan Tramp Amerika “liberal imperiyaçiligini” inkor qiladigan siyosatçi sifatida köriladi. Respublikaçilar uçun Tramp emas, boşqa normal nomzod maydonga çiqib, demokratlardan hokimiyatni qaytarib olsa – qulayroq bölardi.

Kelasi 2024 yil – prezidentlik saylovlari yili. An’anaga köra, agar yana mandat huquqi bölsa, hokimiyatdagi prezident öz nomzodini körsatadi. Bu bilan demokratlar Baydenning nomzodini körsatiş ehtimoli yuqori. Respublikaçilar partiyasida esa praymeriz, ya’ni partiya içidagi saylovlar böladi. Trampning bu praymerizlarda yutiş imkoniyati köp.

Trampga qarşi jinoiy iş da’volarini, asosan liberal bölgan, demokratlarga moyil qaraşdagi sudyalar va tergovçilar olib borişmoqda. Bir tomondan bu sud işlari orqali Tramp va unga öxşaş aksil-tizimli siyosatçilarni jazolaş niyat qilinmoqda. Ikkinçi tomondan jiddiy ayblovlar, Trampning qayta saylanişiga tösiq bölişi, unga beriladigan ovozlar sonining pasayiş niyati, közlanmoqda.

Lekin kuzatişlarga köra, hozirça, amerikaliklarning qançalik Tramp haqidagi fikri salbiylaşgani aniq emas. Sotsiologik tadqiqotlarga köra, Trampga salbiy qaraş kuçli. Muammo şundaki, ötgan 2016 yilgi saylovlarda ham, sörovlarga köra, Xilari Klinton yutişi kerak edi. Ammo Tramp yutdi.

Demak, amerikaliklar har doim ham özlarining çin qaraşlarini aytavermaydi va saylov kuni saylov uçastkalarida özlarining könglidagi nomzodga ovoz berib kelişadi. Trampning sudlanişi – Amerikada kutilayotgan saylovlarni yanada çigallaştiradi, kuçliroq ehtiros beradi xolos.