20:12 / 26.08.2020
22384
Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor tayinlandi

Nodir Haydarov Toshkent davlat stomatologiya instituti “Nevrologiya ” kafedrasi mudiri, bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Nodir Haydarov

Tibbiyot fanlari doktori Nodir Qodirovich Haydarov Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlandi.

Nodir Haydarov 2010 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Toshkent davlat stomatologiya instituti “Nevrologiya ” kafedrasi mudiri, bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Tibbiyot fanlari doktori Nodir Haydarov 2019 yilda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan.

Top