14:30 / 29.08.2020
3639
Xalq ta'limi vazirligi 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisiga noutbuk yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro "Coursera" onlayn malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari orasida tanlov e'lon qildi.

Tanlovda eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatgan 25 nafar umumta'lim maktab ingliz tili o‘qituvchisiga zamonaviy noutbuk sovrin sifatida taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:

Agar "Coursera"dan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ushbu shaklni to‘ldiring: quyidagi havolaga kiring va keyingi ko‘rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning. Havola: https://bit.ly/37wDabK

Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling;

"Coursera"da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling;

Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to‘ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE

Tanlov 2020 yil 29 sentyabrga qadar davom etadi. 30 sentabr kuni esa g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovning baholash mezonlari quyidagicha bo‘lib, ishtirokchilarning yakuniy natijalari 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:

1."Coursera" platformasida faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha (jami 60 ball):

• "Coursera" platformasida faqat o‘z kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda ingliz tili filologiyasi va/yoki ta'limi yo‘nalishida muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar va qo‘lga kiritgan sertifikatlar soni (0-20 ballgacha);

• Kurslardan tashqari bir necha kurslarni o‘zida jamlagan professional sertifikatlar (“Professional certificates”), ixtisoslashgan kurslar jamlanmasi (“Specializations”) va yo‘naltirilgan loyihalarni (“Guided Projecs”) muvaffaqiyatli tugatgan va yuqori o‘zlashtirgan nomzodlar ma'qullanadilar (0-20 ballgacha);

• Intermediate, advanced yoki miksed toifasiga kiruvchi nisbatan murakkab bo‘lgan va muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar soni (qiyinlik darajasi beginner bo‘lgan kurslar hisobga olinmaydi) (0-20 ballgacha).

"Coursera"da muvaffaqiyatli tugatgan kurs(lar) haqida taassurotlarni o‘zida aks ettirgan 2-3 daqiqalik videorolik tayyorlash (jami 40 ball):

 • "Coursera"da qanday bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lganligini va olgan bilimlarini o‘z kasbiy faoliyatida hozirda qanday amalda qo‘llayotganini yoki kelajakda qanday samarali qo‘llashni rejalashtirganligini tushuntirib berish (0-10 ball);

 Motivatsion ruh (0-10 ball);

• Professionallik darajasi (0-10);

•  Videorolik sifati (0-10 ball);

 Yuqorida keltirilgan shartlar to‘liq bajarilishi kerak.

Top