O‘zbekiston | 11:12 / 14.03.2024
6772
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik yigit yapon tili bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘ldi

Yaponiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik yigit yapon tili bo‘yicha notiqlik tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida chet elliklar o‘rtasida an’anaviy yapon tili bo‘yicha notiqlik tanlovi o‘tkazildi. 

Janubiy Koreya, Tailand, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy, Ukraina va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etgan mazkur tanlovda 26 yoshli o‘zbekistonlik Samandar Rabbimov O‘zbekiston nomidan qatnashib, maxsus sovrinni qo‘lga kiritdi.

Samandar Rabbimov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali 2023 yilning iyun oyida Yaponiyaga qurilish sohasida ishga jo‘natilgan.

Mavzuga oid