Içki işlar vazirligining buyruği bilan Içki işlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab oliş tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi yöriqnoma tasdiqlandi.

Qayd qilinişiça, içki işlar organlariga yoşi ön sakkizdan kiçik va öttizdan katta bölmagan, şu jumladan, öttiz yoşdagi ham, Özbekiston fuqarolari qabul qilinadi. 

Nomzodlarni xizmatga tanlab olişda boşqa narsalar qatori ularning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligi, jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi. 

Şuningdek, xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlaş maqsadida harbiy-tibbiy komissiya körigidan ötkaziladi. Içki işlar organlarida xizmat qiliş uçun tösqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlaş maqsadida psixofiziologik (poligraf) tekşiruvdan ham ötkaziladi. 

Test sinovlari belgilangan tartib asosida (umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim fanlarining öquv dasturlariga muvofiq işlab çiqiladi) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan ötkaziladi. 

Test sinovlari natijalariga köra töplanişi mumkin bölgan umumiy 189 balldan kamida 134 ball töplagan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş bosqiçiga ötgan deb hisoblanadi. 

Nomzodlar tomonidan bajarilişi lozim bölgan jismoniy tayyorgarlik maşqlari va ularni bajarişga qöyiladigan talablar erkak va ayol nomzodlar uçun alohida belgilanadi. 

Tanlovning barça bosqiçlarida faqat «yaxşi» va «a’lo» baho olgan nomzodlar xizmatga qabul qilinadi.