19:57 / 31.08.2020
5137
Sherzod Qudratxo‘jayev Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist sifatida taqdirlandi

Sherzod Qudratxo‘jayev «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalqaro press-klub matbuot xizmati xabar qilgan.

«Mustaqillik kuni bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qaroriga binoan, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoritilishiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Tojiddinovich Qudratxo‘jayev «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 

Biz mazkur yuksak mukofot uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga minnatdorlik bildiramiz. Xalqaro press-klub bundan keyin ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan amaliy hamkorlikni davom ettiradi. 

Xalqaro press-klub jamoasi Xalqaro press-klub raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlari nomzodi Sherzodxon Tojiddinovich Qudratxo‘jayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ishlarida bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar hamda zafarlar tilaydi!», deyiladi xabarda. 

Ma'lumot uchun, Sherzod Qudratxo‘jayev 2018 yildan buyon O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori ham hisoblanadi.

Top