08:17 / 02.09.2020
7999
Navoiyda 10 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 1 sentabr kuni soat 12:18larda, Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy-Zarafshon-Uchqududuq” avtomobil yo‘lining 85-86 kilometrlar oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishida haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Ye.B. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarayotib, charchoq oqibatida uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 2010 yilda tug‘ilgan G.N. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarib o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Sizning qoidabuzarligingiz kimningdir o‘limi yoki butun umr nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.

Top