11:05 / 07.09.2020
3866

Hongkongda minglab odamlar saylovlar ko‘chirilganiga qarshi namoyishga chiqdi

Hongkongda minglab odamlar koronavirus pandemiyasi sababli parlamentga saylovlar ko‘chirilganiga qarshi norozilik namoyishlariga chiqdi. Saylovlar 6 sentyabrda o‘tishi kerak edi.

Foto: Reuters

Hongkong hukumati koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘payayotgani sababli 30 iyulda saylovlarni bir yilga qoldirishga qaror qilgan.

Namoyishchilar “Menga ovoz berish huquqini qaytaring!” deb hayqirishgan. Ular ko‘p masofa bosib o‘ta olishmagan, chunki darhol mahalliy kuch tuzilmalari qarshiligiga uchrashgan. 

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun garmdori gazli sharchalar bilan ularga o‘q uzgan, 300 ga yaqin namoyishchi hibsga olingan.

Muxolifat hukumatni pandemiya bahonasida odamlarning ovoz berishiga xalaqit qilishda ayblagan.

Top