19:32 / 16.09.2020
1231
Yangiyo‘lda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Yangiyo‘l shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori L.Ochilov tashabbusi bilan o‘tkazilgan yarmarkada 200ga yaqin ishsiz fuqaro qatnashdi.

Markaz xabariga ko‘ra, ulardan 50ga yaqiniga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berilgan.

«Yarmarkada 20ga yaqin budjet tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari o‘zlarining mavjud 300ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi.

Yangiyo‘l shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyati tashabbusi bilan har oyning 12-sanasida aholini doimiy oylik ish xaqi, daromadiga ega bo‘lishi va Yangiyo‘l shahrida ishsizlar qismini kamaytirish maqsadlarida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi an'anaviy tarzda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirildi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari yarmarkada ishtirok etib, ishsiz fuqarolar murojaatlari va muammolarini o‘rgandi hamda amaliy yordam berish choralari ko‘rilishini bildirdi.

Shuningdek, markaz direktori ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida ular bilan doimiy tarzda muloqot qilishga, ishga joylashtirishda yaqindan amaliy yordam berishga tayyorligini ta'kidladi», – deyiladi xabarda.

Top