12:14 / 17.09.2020
5567
8 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi

2019 yilning shu davrida 679,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 694,2 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-avgust oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 679,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 694,2 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2019 yilda 701,2 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 638,9 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-avgust oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (467,3 ming tonna) biroz oshirdi - 488,2 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-avgust oylarida tabiiy gaz qazib olish 32,5 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (40,1 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 916 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (1,39 mln tonna).

Top