08:58 / 17.09.2020
9305
Go‘sht 45 000 so‘mdan 86 000 so‘mgacha. Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 15 sentabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 45 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (68 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 86 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (45 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (86 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 400 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 400 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 500 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 800 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (800 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 200 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori»da (1 200 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5 600 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da («Nukus» navli guruch 5 600 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Top